“Xo‘lu quruq barobar yonmasin”: Usmonov rossiyalik sportchilarni himoya qilyapti

Olam

image

Rossiyalik milliarder, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov taqiqlangan moddalarni iste’mol qilmagan rosssiyalik sportchilarni himoya qildi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.

Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) rahbari Kreyg Ridiga yo‘llangan maktubda Usmonov xalqaro musobaqalarda barcha rossiyalik sportchilarni o‘z bayrog‘i ostida ishtirok etishini taqiqlashni qoralagan. Maktub nusxasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxga yuborilgan.

Usmonov “dopingga qarshi ayovsiz kurash sudsiz jazolashga va bir qoidabuzarlikning takrorlanishi uchun yangi sansiyalar qo‘llashga aylanmasligi kerakligin” ma’lum qilgan.

“Aybdorlarni jazolash aybsizlarni oddiy insoniy huquqlaridan mahrum qilmasligi lozim. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, aybsiz rossiyalik sportchilarni kamsitish va asossiz cheklovlarsiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqini ta’minlashni taklif qilaman”, deb yozgan Usmonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq (WADA) Rossiyani to‘rt yilga yirik xalqaro musobaqalardan chetlashishni tavsiya qilgani xabar qilingan edi.

WADA ijroiya qo‘mitasi yakuniy qarorni bugun, 9 dekabrda qabul qilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov WADA

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing