Usmonxon Alimov oilasida og‘ir judolik

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi – muftiy Usmonxon Alimovning oilasi og‘ir judolikka uchradi. Bugun, 12 dekabr kuni Usmonxon Alimovning ukasi Sultonxon Alimov vafot etdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita saytida xabar berildi. 

“Din ishlari bo‘yicha qo‘mita jamoasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga ukasi Sultonxon Alimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi”, deyiladi xabarda. 

Marhum Sultonxon Alimov ertaga 13 dekabr kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘idagi qabristonga dafn etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni Usmonxon Alimovning ukasi Islomxon Alimov vafot etgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Usmonxon Alimov

Baholaganlar

842

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing