O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralashiga qur’a tashlandi

Sport

image

Bugun, 13 iyun kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi qarorgohida 2025 yilgi o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqalarining saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi saralashning “E” guruhidan joy oldi. O‘zbek futbolchilari qit’a birinchiligining final bosqichiga chiqish uchun Iroq, Xitoy Taypeyi va Falastin bilan bahs olib boradi.

U-20 O‘zbekiston jamoasi esa “B” guruhidan joy oldi. Osiyo kubogiga chiqish uchun "oq bo‘rilar" Bahrayn, Xitoy Taypeyi, Kambodja va Nepal bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, U-17 Osiyo kubogining final bosqichi keyingi yili aprel oyida Saudiya Arabistonida o‘tkazilsa, U-20 Osiyo kubogining hal qiluvchi bosqichi 2025 yil fevral oyida bo‘lib o‘tadi. Saralash o‘yinlari esa 21 sentyabr kuni start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made