Usikning navbatdagi jangi aniq bo‘ldi. Fyuri bilan to‘qnashuv uzoq kutiladigan ko‘rinadi?

Sport

image

Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida uchta yo‘nalish chempioni ukrainalik Aleksandr Usik navbatdagi jangini britaniyalik Daniyel Dyubuaga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda bokschining promouteri Aleksandr Krasyuk ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Usikning jamoasi britaniyalik Daniyel Dyubuaga qarshi jangni tashkil etish huquqini beruvchi promouterlik savdosida g‘olib chiqqan.

“Biz promouterlik savdolarida g‘alaba qozondik. Hozir jangni 12 avgust kuni Vrotslav (Polsha)da tashkil etish bo‘yicha ish olib boryapmiz”, deydi Krasyuk.

Ma’lumot uchun, Dyubuaning promouteri Tayson Fyuri bilan ham ishlaydigan Frenk Uorren hisoblanadi. Dyubua profboksda umumiy 20 ta jang o‘tkazib, 19 ta bahsda g‘alaba qozongan. 1 ta jangda esa mag‘lub bo‘lgan. Usik 20 ta jangda qatnashib, barchasida g‘alabaga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Usik Fyuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing