Usik – Joshua revansh jangi tafsilotlari tez orada ma’lum bo‘ladi

Sport

image

Professional boksning superog‘ir vazn toifasi jangchisi Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn WVA, WVO va IBF yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usikka qarshi revansh jangi haqida fikr bildirdi.

Xirn Yangi yildan keyin Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk bilan uchrashuv o‘tkazib, ikkinchi jangning barcha tafsilotlarini kelishib olishini ma’lum qilgan.

“Biz o‘zaro ko‘rishib, jang sanasini kelishib olishimiz kerak. Aprel bu jang uchun ideal variantdek ko‘rinmoqda, ammo savol shundaki, u qayerda bo‘lib o‘tadi. Yangi yildan so‘ng jangni rejalashtirishni boshlaymiz, buning vaqti keldi”, deydi Xirn.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 sentyabr kuni Aleksandr Usik britaniyalik Entoni Joshuani mag‘lub etgan va super og‘ir vazn toifasida WVA (Super), IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan.

Avvalroq Usik Joshua bilan revansh olishdan qochishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

WBA Joshua IBF WBO Usik Xirn

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing