Usik va Joshua yil jangidan qancha foyda olishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Entoni Joshua o‘rtasidagi ikkinchi jang uchun umumiy gonarar jamg‘armasi 80 million dollarni tashkil qiladi. Bu haqda “Daily Star” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, pul bokschilar o‘rtasida teng taqsimlanadi, ya’ni har biriga 40 million dollardan kafolatli badal puli beriladi. Bundan tashqari, Usik va Joshua pulli translyatsiyalar (PPV) sotuvidan ham foiz oladi.

Qayd etish joizki, Joshua va Usik o‘rtasidagi dastlabki jang 2021 yilning 25 setyabrida “Tottenxem Xotspur” stadionida bo‘lib o‘tgan. Ushbu jangda faoliyat olib borgan uchta hakamning barchasi Aleksandr Usikning ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonganini ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik va Entoni Joshua o‘rtasidagi revansh jangi joriy yilning 20 avgust kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Joshua Aleksandr Usik

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing