Usik va Fyuri jang oldidan o‘tkazilgan “face-to-face” marosimida rekord qayd etdi (video)
Sport
−
11:03
3232Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri jang oldidan “face-to-face” marosimida ishtirok etdi va jarayon 11 daqiqa davom etib, bu borada rekord o‘rnatdi.
Tomonlar o‘rtasidagi “nigohlar jangi” 11 daqiqa davom etish orqali boks tarixida eng uzoq davom etgan sterdaun bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Aleksandr Usik va Tayson Fyuri avval ham to‘qnash kelgan, ya’ni 2024 yilning may oyida. Mazkur jangda ukrainalik bokschi ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan va super og‘ir vazn toifasi mutlaq jahon chempioniga aylangandi. Uning hisobida WBC, IBO, WBO, WBA (Super) kamarlari bor.
Bugun, 21 dekabr kuni bokschilar o‘rtasida revansh jangi bo‘lib o‘tadi. Turnirning boshlanish vaqti 21:00 ga belgilangan. Markaziy jang esa tungi 01:00 da o‘tkaziladi.