Usik-Fyuri jangi shubhasiz yil voqeasiga aylanadi – Davron Fayziyev

Sport

image

18 may kuni butun dunyo sport ixlosmandlarining e’tiborini o‘ziga qaratayotgan superog‘ir vazndagi bokschilar britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasida mutlaq jahon chempionligi uchun jang bo‘lib o‘tadi. Taniqli sport jurnalisti Davron Fayziyev mazkur jang yuzasidan QALAMPIR.UZ'ga o‘z fikrlarini bildirdi.

“Hozirgi davrda Usik, Fyuri, Joshua va Uaylder kabi bokschilar superog‘ir vaznda to‘planib, bir davrni yorqin tarzda o‘tishiga xizmat qilmoqda. Usik-Fyuri jangi shubhasiz yil voqeasiga aylanadi. Bu aniq, chunki hamma kamarlar o‘rtaga qo‘yiladi. Favoritni aniqlash juda qiyin, har ikki charm qo‘lqop ustasining ham o‘ziga xos kuchli taraflari bor. Ba’zilar Ngannu bilan jandan keyin Fyurining imkoniyatlariga shubha bilan qaray boshladi. Lekin, menimcha, Ngannu bilan jangga Fyurining yondashuvi boshqacharoq bo‘lgan. Usik bilan jangda biz boshqa Fyurini ko‘rsak kerak”, deydi Fayziyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bokschilar matbuot anjumanida qatnashgani va face-to-face'da Fyuri Usikning ko‘zlariga qaramagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Davron Fayziev Tayson F'yuri Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made