“Ushlab olib, sochlarini kesib tashladim”. Qashqadaryoda er xotinini bog‘lab qiynadi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda ayol doimiy ravishda eri tomonidan kaltaklangani uchun Rossiyada ishlovchi onasi va akasining oldiga ketishga uringani, eri uni ushlab olib bog‘lab qo‘ygani aytilgan videoxabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, videoda yuz bergan holat 2020 yilda Shahrisabz shahri “Qushxona” mahallasida 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.M. va 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Y.S.lar o‘rtasida o‘zaro oilaviy kelishmovchilik oqibatida sodir bo‘lgan. 

Fuqaro Y.S. (ayol) yuqoridagi holat bo‘yicha ilgari ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.

Shuni ta’kidlash joizki, er-xotin Sh.M. va Y.S. o‘rtasida 2022 yil iyun oyida ham janjal bo‘lib, ushbu holat Shahrisabz tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sudning 2022 yil 26 iyul kunidagi qaroriga asosan, ayolning turmush o‘rtog‘i Sh.M. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi va va 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan. Erkakka nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan. 

Hozirgi kunda (alohida yashayotgan) er-xotin bilan bog‘liq tarqalgan videoxabar yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida erkak xotinini tomorqada ishlamagani uchun kaltaklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo kaltaklash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing