Surxondaryoda er xotinini tomorqada ishlamagani uchun do‘pposladi (video)
3-sahifa
−
19 iyun 2023
12210Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida erkak xotinini tomorqada ishlamagani uchun kaltakladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 iyun kuni soat 17:00 lar atrofida tumanning To‘la mahallasida yashovchi fuqaro xotiniga tomorqasidagi jo‘xorilarni o‘tashni buyurgan. Biroq ayol uning aytganini qilmagani uchun dastlab qo‘li bilan, so‘ngra elektr simi vositasida kaltaklab, jarohat yetkazgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborish choralari ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, turmush o‘rtog‘ini haqoratlagan shaxs 6 million so‘mgacha jarimaga tortilishi, g‘arazli niyatlar bilan turmush o‘rtog‘ini kaltaklab, badaniga og‘ir tan jarohati yetkazish esa 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan. Shuningdek, qonunga ko‘ra, jamoat joyida shilqimlik qilgan shaxs 1,5 milliongacha jarimaga tortilishi yoki besh sutkagacha qamalishi mumkin.
LiveBarchasi