O‘shanda qayerda edingiz? – Ortiqxo‘jayev Amir Temur xiyoboni biyobonga aylantirilganini esladi
Jamiyat
−
13 fevral 2021
15149Avval xabar berganimizdek, bugun, 13 fevral kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Moviy gumbazlar” xiyobonida “Istiqlol” majmuasi barpo etilishi bo‘yicha aholi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hokim poytaxt markazida joylashgan Amir Temur xiyoboni biyobonga aylanishi bilan bog‘liq yillarni esladi.
2009 yil. Toshkentning 2200 yillik yubileyi arafasida poytaxtda katta bunyodkorlik va obodonlashtirish yoki aksincha, buzish, qirish ishlari amalga oshirildi. O‘sha yili Amir Temur xiyoboni yonginasida navbatdagi Kurant soati binosi, “O‘zbekiston” anjumanlar saroyi qurildi. Ikki salobatli binoni xiyobondagi daraxtlar to‘sib turibdi degan vaj bilan daraxtlar qirg‘ini avj oldi. Soya-salqin, shabadali hudud “cho‘lga aylantirildi”. O‘shanda Toshkentga hozirda Shayxontohur tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdqahhor To‘xtayev hokimlik qilar edi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev aholi bilan muloqotda Amir Temur xiyobonidagi daraxtlar kesilganidan o‘zi ham norozi bo‘lganini yashirmadi.
“Xuddi sizlarga o‘xshab men ham shu bog‘ning saqlanib qolishini xohlayman. Men ham Toshkentda 46 yildan beri yashayman. Mening ham kindik qonim shu yerda to‘kilgan. Amir Temur xiyobonida chinorlar kesilib ketayotganda men maktab o‘quvchisi edim. Nega o‘shanda saqlab qolmadingiz? O‘sha vaqtda qayerda edingiz?”, deydi Ortiqxo‘jayev.
Hokim “Moviy gumbazlar” xiyobonidagi daraxtlar kesilmasligi, bu hududga faqat mustaqillikni anglatuvchi stela o‘rnatilishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi