Bu joyga shaxsiy mablag‘imdan 6 mlrd sarfladim – Ortiqxo‘jayev “Moviy gumbazlar” xiyoboni haqida

Jamiyat

Xabaringiz bor, bundan bir necha hafta avval Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga poytaxt markazi – “Moviy gumbazlar” restorani yonidagi bog‘ o‘rnida barpo etiladigan “Istiqlol” bog‘i loyihasini taqdim etgan edi. Ushbu loyiha ko‘plab toshkentliklar, xususan ushbu hududda istiqomat qilib kelayotgan aholining noroziligiga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik hududdagi daraxtlar kesilishiga e’tiroz bildirdi. Mazkur masalada mamlakat rahbarining to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirib, bog‘ aholining fikrini o‘rgangan holda obod qilinishi kerakligini aytib chiqdi. 

Ko‘plab noroziliklar va e’tirozlardan so‘ng, bugun, 13 fevral kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev toshkentliklar bilan uchrashdi. 

Jahongir Ortiqxo‘jayev aholi bilan muloqot qilarkan, ushbu bog‘ bir vaqtlar tashlandiq joy bo‘lgani, chiqindixonaga aylangani, lekin o‘sha vaqtlarda ham birov miq etmaganini xotirladi. 

“Bu yer juda tashlandiq ahvolda edi. Odamlar oilasi bilan kelolmas edi. Yerda har xil narsalar yotardi. Bu yerda “Moviy gumbazlar” restorani o‘rtaga chilimxona qilib qo‘ygan edi. Shularni oldirdikmi? Tozalatdikmi? Noqonuniy qurilishlar qolmadimi? Juda chiroyli joyga aylandi. 6 mlrd pul ketdi. Hamma aytishi mumkin: byudjetning puli. Men bularni shaxsiy mablag‘imdan qilganman. Agar odamlar shu bog‘ni yuz yillab saqlanib qolishini xohlasa, meni gapimga kirsin”, deydi Ortiqxo‘jayev.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Moviy gumbazlar

Baholaganlar

533

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing