Urushning ikkinchi bosqichi boshlandi – Binyamin Netanyaxu

Olam

image

Kecha, 28 oktyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu urushning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, urushning birdan-bir maqsadi HAMAS harakatini batamom yo‘q qilish va garovga olingan isroilliklarni ozod qilish.

“Bizning chaqiriqlarimiz juda oddiy – HAMASning harbiy va hukumat kuchini yo‘q qilish va jabrlangan asirlarni qutqarish. Bu urushning ikkinchi bosqichi va unda albatta g‘alaba qozonamiz. Biz boshlang‘ich yo‘ldamiz, sektor ichidagi urush uzoq va og‘ir kechadi”, deydi Isroil Bosh vaziri.

Shuningdek, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Netanyaxuning so‘zlariga qo‘shimcha qilib, HAMAS tobora zaiflashib borayotgani va Isroil mudofaa kuchlarining har bir zarbasi uning asirdagilarni birma-bir ozod qilishga rozi bo‘lishiga olib kelayotganini aytdi. 

“O‘zingizni aldamang – HAMAS masalaning gumanitar tomoni bilan qiziqmaydi, ular faqat zarbalarni qaytarishga harakat qilmoqda. Zarbalar qanchalik og‘ir bo‘lsa, HAMAS garovga olinganlarni uylariga qaytarishga rozi bo‘lish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 oktyabr kuni erta tongda HAMAS o‘z kuchlari Isroil qo‘shinlar bilan to‘qnash kelganini ma’lum qilib, Isroilning quruqlikdagi har qanday bosqiniga qarshi turishga tayyorligini e’lon qilgan edi.

Aytilishicha, G‘azo shimolidagi Bayt Xanun shahri va Bureyj qochqinlar lageri yaqinida SAXAL va HAMAS askarlari o‘rtasida janglar bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil G'azo HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu TsAXAL Yoav Galant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing