Urushni to‘xtatish bo‘yicha sulh tuzilsa, husiylar ham Isroilni nishonga olmaydi
Olam
−
27 fevral 2024 5799 2 daqiqa
Yamandagi husiylar harakati G‘azo sektorida HAMAS shartlari asosida sulhga erishilsa, Isroil kemalariga hujum qilishni to‘xtatadi. Bu haqda TASSga harakat axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Nasriddin Amir ma’lum qildi.
“Isroil kemalarining bosib olingan Falastin portlariga o‘tishini to‘sib qo‘yish qarori, agar G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishilsa va anklav blokadasi bekor qilinsa, to‘xtatiladi", degan u.
Harakat vakili, shuningdek, Amerika va Britaniya kemalariga hujum qilish qarorini qayta ko‘rib chiqish Falastin anklavidagi sulhga bog‘liq bo‘lmasligini ta’kidlagan.
"Amerika va Britaniya kemalariga kelsak, bu ikki davlatning mamlakatimizga hujumi bilan bog‘liq yana bir alohida masala", deydi Amir.
Ma’lumot uchun, Parijdagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda tayyorlangan taklif loyihasiga ko‘ra, Ramazon oyida barcha harbiy harakatlar 40 kun davomida to‘xtatiladi. Unga ko‘ra, har bir isroillik tutqunga 10 falastinlik asir almashtiriladi. Shuningdek, G‘azoda ko‘chirilgan tinch aholining shimolga qaytishiga ruxsat beriladi, ammo harbiy yoshdagi erkaklar bundan mustasno. Isroillik garovga olingan barcha ayollar, 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar, keksalar va bemorlar falastinlik mahbuslar evaziga ozod qilinadi. Har kuni 500 ta yordam yuk mashinasi kirishiga ruxsat beriladi. Loyihada G‘azo sektoridagi novvoyxonalar va shifoxonalar faoliyatini tiklash ham ko‘zda tutilgan.
Bayden o‘t ochish kelasi dushanba kunidan to‘xtatilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Live
Barchasi