“Urushni qo‘zg‘atding”. Shols olomonning qahriga uchradi (video)

Olam

image

Germaniyaning Folkensei shahrida bo‘lib o‘tgan festivalda olomon Germaniya kansleri Olaf Sholsni tanqid qildi va uni urushni qo‘zg‘atganlikda aybladi. Bu haqda Germaniyaning “Bild” gazetasi xabar berdi

Nashr e’lon qilgan videoda yuzga yaqin olomon kansler nutqini bo‘lib, “urushni qo‘zg‘atuvchi”, “yolg‘onchi” va “bandit” deb baqirayotgani ko‘rsatilgan.

Sahnaga chiqqanidan so‘ng fuqarolarning qarshiliklari va g‘azabiga duch kelgan Shols o‘z nutqini Ukrainaga yordam berishni asoslashga bag‘ishlashi kerak edi, ammo uning ovozi tomoshabinlarning g‘azablangan hayqiriqlari ostida qolgan. Nutq so‘zlay olmagan Shols sahnada mulzam bo‘lgan.

Shuningdek, Brandenburg mamlakati Bosh vaziri Ditmar Voidke ham ushbu sahnada nutq so‘zlagan. Har ikki ma’ruzachi Ukrainadagi vaziyatda Rossiyani ayblab, yig‘ilganlarni tinchlantirishga harakat qilgan, biroq tomoshabin baland ovoz shiorlarni jo‘r bo‘lib aytishdan to‘xtamagan.

Gazetaning qayd etishicha, namoyishchilar dunyo davlatlarining bayroqlarini hilpiratgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Berlinga borgan va Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer hamda federal kansler Olaf Shols bilan uchrashgan edi. Uchrashuv natijasida Germaniya ushbu yildan boshlab Kiyev hukumatiga harbiy yordam uchun yana 11 milliard yevro yuborishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olaf Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing