Urush to‘xtamaydi: AQSH tez kunlarda Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini yuboradi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari kelgusi ikki hafta ichida Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi, bu esa hajmi bo‘yicha avvalgisiga teng bo‘ladi. Bu haqda kecha, 13 noyabr kuni AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi. 

“Biz xavfsizlik bo‘yicha yordam ko‘rsatishda davom etamiz. Siz biz e’lon qilgan yordam paketini ko‘rdingiz. Keyingi bir necha hafta ichida yana biri bo‘ladi, u taxminan bir xil jadval bo‘yicha keladi va so‘nggi bir necha hafta va oylarda bo‘lgani kabi taxminan bir xil miqyosda bo‘ladi. Shunday qilib, bizning qo‘llab-quvvatlashimizning zaiflashuvi yoki qo‘llab-quvvatlashimizning chastotasi va intensivligi nuqtai nazaridan hech qanday og‘ish bo‘lmaydi”, deydi Sallivan Kambodjadan Indoneziyaga ketayotgan AQSH rahbari samolyoti bortida bo‘lib o‘tgan brifingda.  

Shuningdek, AQSH Prezidentining yordamchisi kelgusi yil uchun qo‘shimcha resurslar olish bo‘yicha ham Kongress bilan maslahatlashuv olib borilayotganini ma’lum qilgan.  

Ukrainaga Vashington nuqtai nazaridan qish kelishini kutgan holda tezlashtirilgan harbiy yordam kerakmi, degan savolga javob berar ekan, Sallivan sovuq ob-havoning boshlanishi harbiy harakatlarni to‘xtatishga olib kelmaydi, degan fikrni bildirdi.  

“Gap ko‘proq Ukraina tomoni amaliyotlar sur’ati bo‘yicha qabul qilishi kerak bo‘lgan qarorlar haqida bormoqda, ularning butunlay to‘xtatilishi yoki qayta tiklanishi haqida emas”, dedi u. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yana 400 million dollarlik harbiy yordam paketini ajratdi, bunda Kiyevga to‘rtta Avenger havo mudofaa tizimini topshirish kiradi. Yangi paket bilan Jo Bayden prezidentlikka kelganidan beri Vashingtonning Kiyevga bergan umumiy harbiy yordami 19,3 milliard dollardan oshdi.  


 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing