Urush ichidagi Ukraina ochlikdan qiynalayotgan Afrika davlatlariga yordam beradi
Olam
−
03 dekabr 2022
4739Ukrainaning ikkita kemasiga Efiopiya va Somaliga jo‘natish uchun mamlakat portlarida don yuklangan. Yana bir kema esa allaqachon Afrikaga jo‘nab ketgan. Bu haqda Ukraina Prezidenti Valdimir Zelenskiy o‘zining odatiy tungi murojaatida aytib o‘tgan.
“2 dekabr kuni uchinchi kemamiz ham Odessa portida edi. Bu bizning “Grain from Ukraine” Ukraina donasi tashabbusimiz doirasiga kirdi. Somaliga 25 ming tonna bug‘doy gumanitar yordam sifatida jo‘natiladi”, degan Zelenskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ikkita kema don yuklash tugab, bortida 30 ming tonna bug‘doy bilan Efiopiyaga yo‘l oladi. Ushbu dastur doirasida ishlaydigan birinchi kema ham Efiopiyaga jo‘natiladi.
Joriy yilning noyabr oyi o‘rtalarida Vladimir Zelenskiy G20 (katta yigirmatalik) sammiti ishtirokchilariga video havola orqali murojaat qilib, “Grain from Ukraine” dasturini taklif qildi. Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar Ukraina ishlab chiqaruvchilaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishlari, so‘ngra uni ochlik yoqasida turgan mamlakatlarga o‘tkazishlari nazarda tutilgan.
LiveBarchasi