Urush davom etadi. Zelenskiy harbiy holat va safarbarlikni yana uzaytirdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatlarini uzaytirdi. Davlat rahbari tomonidan imzolangan qonun Oliy Rada saytida e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, harbiy holat va umumiy safarbarlik rejimi 90 kunga uzaytirilgan va ushbu qonun joriy yilning 6 avgustgacha amal qiladi.

16 aprel kuni uzaytirish to‘g‘risidagi qonun Oliy rada tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Unga 357 nafar parlamentariy ovoz bergan, bir kishi qarshi chiqqan. 

Ma’lumot uchun, Ukrainada harbiy holat harbiy harakatlar boshlanganidan beri amal qilib kelmoqda. U 15-marta uzaytirilmoqda. Ukrainada harbiy holat davrida prezidentlik va Oliy rada saylovlarini o‘tkazish mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda harbiy holat va safarbarlik muddatini 2025 yil 8 fevraldan 9 maygacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonunlarni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy harbiy holat va umumiy safarbarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing