Urugvayda prezident saylovlarida muxolifat g‘alaba qozondi
Olam
−
25 noyabr 2024
1739Urugvayda ovozlarning 81,26 foizini hisoblash natijasida muxolifat nomzodi Yamandu Orsining prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani tasdiqlandi. Bu haqda “El Pais” xabar berdi.
Mamlakatning saylov sudi ma’lumotlariga ko‘ra, Orsi 49,02 foiz ovoz to‘plagan bo‘lsa, uning raqibi – o‘ng markaziy partiya vakili Alvaro Delgado 46,74 foiz ovoz olgan.
“Men milliy muloqotga chaqiruvchi prezident bo‘lishga tayyorman. Bu jarayon faqat g‘oyalarni muhokama qilish orqali qurilishi mumkin. Urugvayning siyosiy partiyalariga shon-sharaf! Ozodlik, tenglik va o‘zaro hurmat yo‘lida davom etamiz", dedi Orsi o‘z tarafdorlari oldidagi nutqida.
Orsining g‘alabasini amaldagi Prezident Luis Lakale Pou ham tan olgan. U Orsiga g‘alaba bilan tabriklash uchun rasmiy natijalarni kutmagan holda telefon orqali murojaat qilgan.
“Men Yamandu Orsiga qo‘ng‘iroq qilib, uni prezident etib saylanganligi bilan tabrikladim va vazifalarni topshirish bo‘yicha jarayonni boshlashga tayyorman”, deb yozgan Pou X’da.
Nashrning yozishicha, bu saylov Urugvay siyosiy hayotida yangi bosqich boshlanganini ko‘rsatadi. Orsi esa mamlakatning kelajagini rivojlantirish yo‘lida keng miqyosli islohotlar amalga oshirishini va’da qilmoqda.
LiveBarchasi