Ikki yillik tanaffusdan so‘ng 39 yoshli Suares terma jamoaga qaytishi mumkin

Sport

image

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng afsonaviy urugvaylik hujumchi Luis Suares yana terma jamoaga qaytishi mumkin. Urugvayning yangi bosh murabbiyi Diyego Forlan sobiq jamoadoshiga yana ishonch bildirish niyatida. Bu haqda “TyC Sports” nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Forlan joriy yilning sentyabr oyidagi xalqaro tanaffus doirasida Yaponiya va Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun Suaresni terma jamoaga chaqirmoqchi.

Forlan avvalroq “El Pistolero”ning terma jamoaga qaytishi uchun eshik ochiq ekanini aytgan edi.

“Albatta, Luis kabi tajribali, gol urish instinktiga ega va har hafta o‘ynab, buni isbotlashda davom etayotgan futbolchiga ega bo‘lish – nega bunday bo‘lmasin?” degan edi Forlan.

Suaresning o‘zi ham terma jamoaga ehtiyoj bo‘lsa, qaytishga tayyor ekanini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Luis Suares Urugvay terma jamoasi safida 143 ta o‘yinda 69 ta gol urgan. U milliy jamoadagi so‘nggi uchrashuvini 2024 yil 6 sentyabr kuni Jahon chempionati saralashi doirasida Paragvayga qarshi o‘tkazgan. O‘sha bahs 0:0 hisobida yakunlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing