Urugvayda futbol o‘yini vaqtida to‘p YTHga sabab bo‘ldi (video)
Sport
−
18:53 230 1 daqiqa
Urugvayda mamlakat ikkinchi divizioni doirasidagi “Urugvay Montevideo” va “Paysandu” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida to‘p stadion tashqarisiga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Cerfia” nashri xabar berdi.
Montevideodagi 1500 tomoshabinga mo‘ljallangan “ANKAP Park” stadionida o‘tkazilgan bahsda to‘p maydon tashqarisiga chiqib, yaqindagi yo‘lga tushgan. Buning oqibatida bir nechta avtomobil keskin tormoz bergan va mashinalardan biri orqadan kelgan boshqa avtomobil bilan to‘qnashgan. Avariya sababli yo‘lda harakat taxminan 20 daqiqaga to‘xtatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.
Shunga qaramay, uchrashuv davom ettirilgan va “Urugvay Montevideo” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Yagona golni 37-daqiqada Lukas Rodriges kiritgan.