Rasman! Arauxo “Liverpul”ga o‘tdi

Sport

image

Urugvay terma jamoasi va “Barselona” klubi himoyachisi Ronald Arauxo ijara asosida “Liverpul”ga o‘tdi. Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv bir mavsumga mo‘ljallangan. Insayd xabarlarga ko‘ra, urugvaylik futbolchining maoshini to‘liq mersisayd klubi o‘z zimmasiga olgan.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Arauxo 2018 yildan buyon “Barselona” safida to‘p tepib kelmoqda. U kataloniyaliklar bilan uch marta Ispaniya chempionligi, uch marta Ispaniya Superkubogi va ikki marta Ispaniya Kubogida g‘olib bo‘lgan.

Shuningdek, himoyachi Urugvay terma jamoasi bilan 2024 yilgi Amerika Kubogida bronza medalini qo‘lga kiritgan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Arauxoning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing