O‘rtayer dengizida bortida odamlar bo‘lgan kema ag‘darilib ketdi
Olam
−
17:19
1362O‘rtayer dengizi Tunis qirg‘oqlari yaqinida bortida 130 kishi bo‘lgan kema ag‘darilib ketdi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tunisning Chebba shahri janubida bortida 130 kishi bo‘lgan qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida ikki kishi cho‘kib ketgan.
“Kemadagilarning ikki nafari ham halok bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
“Al Jazeera”ga ko‘ra, Tunis va qo‘shni Liviya muhojirlar va qochqinlar, shu jumladan Afrikaning boshqa davlatlaridan O‘rtayer dengizi orqali Yevropaga jo‘nab ketishning asosiy nuqtasiga aylangan. Shunday qilib, migrantlar uchun birinchi port ko‘pincha Italiyaning Lampeduza oroli bo‘lib, u Tunisdan atigi 150 km uzoqlikda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti Bangui yaqinidan oqib o‘tuvchi daryoda kema to‘ntarilishi oqibatida 60 ga yaqin odam halok bo‘lgandi. Qayd etilishicha, dafn marosimida ishtirok etish uchun Banguidan yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar kemasi noqulay sharoit tufayli ag‘darilib ketgan. Oqibatda uning bortida bo‘lgan 58 kishi halok bo‘lgan. Guvohlar va ijtimoiy tarmoqlardagi videolarga ko‘ra, Mpoko daryosida ag‘darilgan kema ichida 300 dan ortiq odam bo‘lgan. Halokat sodir bo‘lgach, 40 daqiqa ichida qutqaruvchilar kelgan va ko‘pchilik omon qolgan.
LiveBarchasi