Markaziy Afrikada kema ag‘darilishi oqibatida 60 ga yaqin kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti Bangui yaqinidan oqib o‘tuvchi daryoda kema to‘ntarilishi oqibatida 60 ga yaqin fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda "The First Channel News" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, dafn marosimida ishtirok etish uchun Banguidan yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar kemasi noqulay sharoit tufayli ag‘darilib ketgan. Oqibatda uning bortida bo‘lgan 58 kishi halok bo‘lgan.

“Biz 58 ta jonsiz jasadni chiqarib oldik. Suv ostida qolganlarning umumiy sonini bilmaymiz”, degan qutqaruv brigadasi boshlig‘i Tomas Jimasse.

Guvohlar va ijtimoiy tarmoqlardagi videolarga ko‘ra, Mpoko daryosida ag‘darilgan kema ichida 300 dan ortiq odam bo‘lgan. Halokat sodir bo‘lgach, 40 daqiqa ichida qutqaruvchilar kelgan va ko‘pchilik omon qolgan.

Hozirda Mpoko daryosida o‘nlab qayiqlarda qidiruv ishlari olib borilmoqda. Rasmiylar halok bo‘lganlar soni yana oshishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan rezina qayiqning cho‘kib ketishi oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Afrika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing