Markaziy Afrika Prezidenti BMTdan olmos qazib olishga qo‘yilgan embargoni bekor qilishni so‘radi

Olam

image

Markaziy Afrika Respublikasi Prezidenti Fosten-Arshanj Tuadera BMT minbaridan olmos qazib olishga qo‘yilgan embargoni bekor qilishni so‘radi. Bu haqda u bugun, 26 sentyabr kuni BMTning 79-sessiyasida so‘z ochdi.

"Biz, albatta, “Kimberli jarayoni”  tomonidan kiritilgan va bizning daromadimizni cheklagan olmos qazib olish bo‘yicha embargoni bekor qilishni muhim deb hisoblaymiz… Dunyo o‘zgarishlari sharoitida uzoq vaqt orqada qolgan Afrika to‘xtab qolmasligi kerak, unga veto huquqini berish zarur", dedi Tuadera.

Ma’lumot uchun, MARga olmos qazib olishi bo‘yicha embargo 2013 yilda “Kimberli jarayoni” doirasida mamlakatning 24 ta olmos qazib olish zonasidan 16 tasiga nisbatan kiritilgan. Olmos qazib olish mamlakat uchun asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lib, har yili taxminan 100 million dollar daromad keltiradi. 

“Kimberli jarayoni” 80 dan ortiq davlatni birlashtiradi. Ushbu tashkilotga 2000 yilda asos solingan bo‘lib, “qonli olmoslar”, ya’ni noqonuniy ravishda qazib olingan qimmatbaho toshlar savdosidan olingan mablag‘lar mintaqaviy to‘qnashuvlar va terrorchilik guruhlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi bilan kurashish maqsadida tashkil qilingan. Uning nomi Janubiy Afrikadagi Kimberli shahrida o‘tkazilgan tashkilotning birinchi konferensiyasidan olingan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Markaziy Afrika Fosten-Arshanj Tuadera

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing