O‘rtasaroydagi karantin markazida qolayotgan fuqaro o‘zini osib qo‘ydi
Jamiyat
−
21 iyun 2020
21590Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani O‘rtasaroy hududida joylashgan karantin zonasida saqlanayotgan fuqarolardan biri konteynerda o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
O‘z joniga qasd qilgan fuqaro asli Farg‘ona viloyatidan bo‘lgani va u 42 yoshda ekani ma’lum qilinmoqda. Voqea joriy yilning 20 iyun kuni erta saharda sodir bo‘lgan.
U karantin markazidagi boshqa fuqarolar kabi koronavirus uchun test topshirgan. Biroq tahlil natijalari chiqmay turib, o‘z joniga qasd qilgan. Fuqaro qaysi mamlakatdan olib kelingani ma’lum emas.
O‘rtasaroydagi karantin markazi joriy yilning aprel oyi boshlarida foydalanishga topshirilgan edi. Unda xorijiy mamlakatlardan olib kelingan o‘zbekistonliklar eng kam 14 kun saqlanmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr