O‘rta yer dengizida qayiq ag‘darildi. 100 dan ortiq muhojir halok bo‘ldi
Olam
−
23 aprel 2021
4797Joriy yil 21 aprel kuni Liviya qirg‘oqlarida rezinali qayiq ag‘darilib ketishi natijasida 130 nafarga yaqin afrikalik muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda SOS Mediterranee nodavlat tashkilotiga tayanib xabar berilgan.
Tashkilotning Ocean Viking kemasi qayiqdagilarni qutqarish uchun yuborilgan. Biroq birorta odamni ham qutqarishning iloji bo‘lmagan.
"Bugun bir necha soatlik qidiruvdan so‘ng, kutganimizning eng yomoni sodir bo‘ldi. Halokat joyiga kelganimizdan beri, tirik qolgan bironta odamni topmadik, lekin halokat sodir bo‘lgan joyda kamida 10 kishining jasadini ko‘rdik", deya xabar bergan tashkilot.
Qutqaruv operatsiyasini bajarishga urinishlar noqulay ob-havo sharoiti sababli murakkablashgan, qidiruv zonasida to‘lqinlar olti metrgacha ko‘tarilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Liviya Yevropa davlatlariga kirmoqchi bo‘lgan afrikalik qochoqlar uchun asosiy tranzit punkti bo‘lib qolmoqda.
Liviyaning Inson huquqlari bo‘yicha milliy qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda 11 891 nafar noqonuniy muhojir qutqarilib, mamlakat hududiga qirg‘oq bo‘ylab olib kelingan, 300 dan ortiq odam vafot etgan. Shu bilan birga, qochqinlar orasida qurbonlarning haqiqiy soni Liviyadan Yevropaga noqonuniy sayohat qilgan barcha shaxslarni hisobga olishning iloji yo‘qligi sababli ancha ko‘p bo‘lishi mumkinligi istisno qilinmaydi.
LiveBarchasi