Tinç okeanida 3 oy qolib ketgan 5 kişi topildi
Olam
−
10:05 1496 2 daqiqa
Tinç okeanida qayiqda yönalişidan adaşib, uç oy davomida sarson bölgan 5 kişi, jumladan, ikki bola qutqarildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 9 kişidan iborat guruh iyul oyi oxirida Mikroneziyadagi Murilo orolidan qöşni Ruo oroliga yöl olgan. Safar taxminan bir soat davom etişi kerak bölgan. Biroq yölda kuçli böron kötarilib, qayiqni möljallangan yönalişidan olib ketgan.
Oqibatda qayiq Tinç okeanida qariyb 3,4 ming mil (5,4 ming kilometr) masofaga oqib ketgan. 3 oy ötib, guruh a’zolari Kiribatidagi Fanning oroli yaqinida mahalliy aholi tomonidan körib qolingan. 1 noyabr kuni 5 kişi qutqarilgan.
Hozirda ular mahalliy çerkov ruhoniysi qaramoğida. Orolning tibbiyot xodimlari qutqarilganlarga dastlabki tibbiy yordam körsatgan. Kiribati parlamenti a’zosi Kaotitaake Rakoroa ularni keyingi tibbiy körik uçun mamlakatdagi eng yaqin yirik aholi punkti – Kiritimati oroliga zudlik bilan olib borişni tavsiya qilgan.
Mikroneziyadagi AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati avvalroq bedarak yöqolgan guruhni qidirgan, biroq 9 avgust kuni 25 ming dengiz mili masofani qamrab olgan qidiruv işlarini töxtatgan edi.
Qayiqdagi qolgan 4 kişining taqdiri hozirça noma’lum. Mikroneziyalik siyosatçi Aleksandr Narrun ularning topilişiga umid bildirdi. Şuningdek, u mamlakat prezidentidan qutqarilganlarni vatanga qaytariş masalasida Kiribati hukumati bilan muzokaralar boşlaşni söragan.
Live
Barchasi