AQŞ harbiylari Tinç okeanida yana bir qayiqqa zarba berdi

Olam

−

image

AQŞ harbiylari Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan kemaga zarba berdi. Oqibatda beş kişi halok böldi. Bu haqda AQŞ Qurolli kuçlari Janubiy qömondonligi X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga köra, hujum keça, 27 oktyabr kuni amalga oşirilgan. AQŞ Janubiy qömondonligi kemaning narkotik moddalar savdosi yönalişlarida harakatlanganini va razvedka ma’lumotlari uning narkotrafik bilan şuğullanganini körsatganini bildirgan. Harbiylar halok bölgan beş kişini “narkoterrorçilar” deb atagan.

Biroq AQŞ harbiylari kemada giyohvand moddalar bölganini tasdiqlovçi dalillarni oçiqlamagan. X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilingan videoda suvdagi kiçik qayiq portlaş oqibatida alanga içida qolgani aks etgan.

Qayd etilişiça, uşbu hujum AQŞ harbiylarining Karib dengizi va Tinç okeanida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan kemalarga qarşi operatsiyalari doirasidagi navbatdagi zarba bölgan. 2025 yilning sentyabridan buyon bunday hujumlarda kamida 240 kişi halok bölgan.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mazkur operatsiyalarni mamlakatga narkotik moddalar olib kirilişiga qarşi kuraş bilan izohlamoqda. Biroq inson huquqlari taşkilotlari va BMTning mustaqil ekspertlari bunday hujumlarni qonunga xilof, sudsiz öldiriş holatlari sifatida baholagan. Tanqidçilar, şuningdek, AQŞ ma’muriyati nişonga olingan şaxslarning narkotik savdosiga aloqadorligini tasdiqlovçi yetarli dalillarni taqdim etmaganini ta’kidlamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ armiyasi Karib dengizidagi kontrabanda yönalişida kartellar nomidan giyohvand modda olib ketayotgan qayiqqa hujum uyuştirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing