Ursula fon der Lyayen YeIni mudofaa ittifoqiga aylantirmoqchi

Olam

image

Yevrokomissiya rahbari sifatida yana bir muddatga saylanmoqchi bo‘lgan Ursula fon der Lyayen o‘zining siyosiy dasturida Yevropa Ittifoqini mudofaa ittifoqiga aylantirishga va’da berdi. Bu haqda Lyayenning YeI tomonidan e’lon qilingan dasturida e’lon qilingan.

“Keyingi besh yildagi ishimiz haqiqiy Yevropa mudofaa ittifoqini barpo etishga qaratiladi”, deyilgan dasturda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ittifoqga a’zo davlatlar doktrina masalalarida ham, ularni joylashtirish masalalarida ham har doim o‘z qo‘shinlari uchun javobgarlikni saqlab qoladi. Shuningdek, Yevropa mudofaa-sanoat bazasi, innovatsiyalar va yagona bozorni mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish uchun ko‘p narsa qilish mumkin.

Yevropa mudofaa fondini yaratishga va’da bergan Lyayen Yevroparlament deputatlarini “har qanday qiyinchiliklarga tayyor, kuchli Yevropa” qurish uchun uni ikkinchi muddatga Yevropa Ittifoqi rahbari lavozimiga tasdiqlashga chaqirgan.

“Biz dengiz, quruqlik, havo, koinot va kiberdomenlardagi ilg‘or mudofaa texnologiyalariga sarmoya kiritib, Yevropa mudofaa jamg‘armasini yaratamiz”, degan Ursula fon der Lyayen.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fon der Lyayen ikkinchi muddatga Yevrokomissiya rahbari bo‘lib qolishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ursula fon der Lyayen EI mudofaa ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing