Ursula fon der Lyayen sudga berildi
Olam
−
17 aprel 2023
15001Belgiyalik lobbist Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenni sudga berdi. Bu haqda “Euractive” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi institutlarida akkreditatsiyadan o‘tgan lobbist, Belgiyadagi konsalting firma vakili Frederik Baldan sudga murojaat qilib, fon der Lyayenning Amerikaning Pfizer farmatsevtika kompaniyasi rahbari Albert Burla bilan yozishmalarini ommaga oshkor qilishni talab qilgan.
Fon der Lyayenga qarshi hokimiyatni suiiste’mol qilish, rasmiy hujjatlarni yo‘q qilish, noqonuniy foyda olish, korrupsiya kabi ayblovlar qo‘yilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, Yevropa Komissiyasi koronavirus pandemiyasi davrida ayrim dori vositalari va vaksina ishlab chiqaruvchilardan katta miqdorda preparat sotib olgan. Vaksinalarni yetkazib berish bo‘yicha eng yirik shartnoma Pfizer-BioNTech bilan imzolangan. Tez orada YeK rahbari Ursula fon der Lyayen va Pfizer rahbari Albert Burla o‘rtasidagi shaxsiy yozishmalari haqida ma’lumotlar tarqala boshladi.
Yevropa Ittifoqi rasmiylari esa hozirda fon der Lyayen va Burla o‘rtasidagi yozishmalarning matnini oshkor qilishdan bosh tortmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak tergovga tortilgan edi. AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi esa sudda 34 ta ayblov qo‘yilgandi.