O‘rmon yong‘inlari fonida Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vaziri ishdan olindi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Yuriy Ilinni Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi

“Davlat rahbarining farmoni bilan Ilin Yuriy Viktorovich Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.

Ushbu qarorning aniq sababi ko‘rsatilmagan. Ilin 2020 yil sentyabridan buyon Favqulodda vaziyatlar vazirligini boshqarib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Qozog‘iston sharqidagi Abay viloyatida tabiiy yong‘in davom etmoqda, uning maydoni bir kun oldin 60 ming gektarga ko‘paygan edi. Yong‘inni o‘chirishga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, mahalliy ijro hokimiyati organlari va Mudofaa vazirligidan 800 ga yaqin kishi, qariyb 200 ga yaqin texnika, bundan tashqari to‘qqizta vertolyot jalb qilingan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 3 nafar o‘rmon xo‘jaligi xodimi halok bo‘lgan, yana 14 nafarini qidirish ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev Yuriy Il'in O'rmon yong'inlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing