“O‘rikzor” bozorida haydovchilar janjal ko‘tardi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi va bir guruh shaxslar o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kecha, 14 fevral kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat bo‘yicha izoh berdi. 

Ma’lum qilinishicha, hodisa Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi “O‘rikzor” bozori hududida, Yusuf Sakkokiy mahallasida sodir bo‘lgan. Isuzu rusumli mashina haydovchisi yuk tushirib chiqayotgan vaqtida yo‘lning qatnov qismida arava yetaklab ketayotgan shaxsga signal chalgan. Haydovchining aytishicha, u ham yo‘l berishni so‘ragan, oqibatda o‘rtada kelishmovchilik kelib chiqqan.

Shundan so‘ng, arava yetaklagan shaxs telefon orqali yaqinlarini chaqirgan. Oradan ko‘p o‘tmay bir necha kishi kelib, janjal kuchaygan. Mojaro vaqtida haydovchi qo‘liga tushgan montirovka bilan urganini, keyin esa unga bir necha kishi tomonidan tosh otilganini bildirgan va qilgan ishidan pushaymon ekanini aytib, uzr so‘ragan.

Arava yetaklagan shaxs ham haydovchi bilan tortishuv bo‘lganini, keyin yaqinlarini chaqirgani va janjal kattalashib ketganini tan olgan. Bundan pushaymonligini, qayta takrorlanmasligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Barcha ishtirokchilarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar Uchtepa tumani “O'rikzor” bozori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing