Urgutdagi janjalning yana bir ishtirokchisi aniqlandi. Uni Rossiyadan qaytarish chorasi ko‘rilmoqda
3-sahifa
−
25 iyul 2021
15814Joriy yilning 21 iyul kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi fuqaro Sh.Sh. Telegram messenjeridagi guruhda, tumanning G‘o‘s mahallasida yashovchi fuqarolarni haqoratlaganligi aniqlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan edi.
Urgut tumani hokimligi hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, olib borilayotgan surishtiruv harakatlari davomida, Urgut tumani “G‘o‘s” MFYda yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan I.B. ismli shaxs, fuqaro Sh.Sh.ni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun ular o‘rtasidagi ziddiyat paydo bo‘lib, yuqoridagi janjalga sabab bo‘lganligi aniqlanib, I.B.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ayni damda, fuqaro I.B. Rossiya Federatsiyasida.
Ushbu shaxsni jinoyat ishiga aloqadorligini aniqlash va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida, O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi