Urgutda 27 ming dollarlik “gashish”ni sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qariyb 3 kilogramm “gashish” musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Urgut tumanida yashovchi 1990, 1998 va 2008 yillarda tug‘ilgan uch nafar mahalliy fuqaro 2 kilogramm 80 gramm “gashish” moddasini shartli xaridorga 27,4 ming AQSH dollariga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ulardan biri muqaddam aynan giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangani ta’kidlangan.

Bildirilishicha, hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga olib kirilgan 25 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing