Urganchdagi xonadonda yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 2 oktyabr kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 02:35 da “Yangihayot” mahallasi Farg‘ona ko‘chasida joylashgan aholi yashash xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Urganch shahar FVBga xabar berilgan. Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Yong‘in-qutqaruv qismi tomonidan soat 03:55 da to‘liq bartaraf qilingan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Mazkur yong‘in oqibatida taxminan 150 kv.m maydonda tom bostirmasi va uy jihozlari yongan. Yong‘indan xonadonning 120 kv.m. maydoni saqlab qolingan. 

Yong‘indan tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatidagi Arxitektura-qurilish institutida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 30 sentyabr kuni esa Toshkent davlat agrar universiteti hududida yong‘in yuz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing