Urganch shahriga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
11 noyabr 2023
5889Bunyod Rajabov Madrimovich Urganch shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi ma’lum qildi.
Bugun, 11 noyabr kuni Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Bunyod Rajabov Urganch shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganch shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Oybek Xolboyev Madaminovich Shovot tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi. Qayd etish kerakki, Xolboyev 2018-2020 yillar mobaynida Urganch shahar hokimi bo‘lgan, keyinchalik 3 yilga qamalgan Shuhrat Abdullayev o‘rniga kelgan. Shuningdek, Oybek Xolboyev Bog‘ot tumani hokimi sifatida ham ishlagan.