“Ali Xo‘ja, Xo‘ja Ali”. Xorazmning 2 hokimi boshqa tumanlarga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston
−
07 Noyabr 2023 9616 1 daqiqa
Xorazmning Shovot va Qo‘shko‘pir tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Oybek Xolboyev Madaminovich Shovot tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Urganch shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Xolboyev 2018-2020 yillar mobaynida Urganch shahar hokimi bo‘lgan, keyinchalik 3 yilga qamalgan Shuhrat Abdullayev o‘rniga kelgan. Shuningdek, Oybek Xolboyev Bog‘ot tumani hokimi sifatida ham ishlagan.
U 2019 yil sentyabr oyida tumanda fuqarolar paxta terimiga majburan jalb etilgani tufayli jarimaga tortilgan.
Bundan tashqari, Shuhrat Ahmedov Kurvondurdiyevich Qo‘shko‘pir tumani hokimi etib tayinlandi. U joriy yilning 1 aprel kuni Tuproqqal’a tumani hokimi etib tasdiqlangandi. Ahmedov Tuproqqal’a hokimi bo‘lguncha Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr