“Unity” raketa samolyotida suborbital parvozga chiqqan Brenson Yerga qaytdi
Texnologiya
−
12 iyul 2021
5812Avvalroq, britaniyalik milliarder Richard Brenson yana besh kishidan iborat guruh bilan birga “Unity” raketa samolyotida 80 kilometrdan ortiq balandlikdagi suborbital parvozga yo‘l olgani haqida xabar bergandik.
Ta’kidlanishicha, parvoz yakunlangan va raketa samolyoti Yerga muvaffaqiyatli qaytgan.
Qurilma AQSHning Sharqiy sohil vaqti bilan soat 11:25 da (Toshkent vaqti bilan 20:25) taxminan 15 km balandlikda chiqib ketgan. So‘ng raketa samolyoti mustaqil parvozni boshlagan.
Tashuvchi samolyotdan ajralib chiqib, u o‘zining reaktiv dvigatelini yoqqan va AQSHning Sharqiy sohil vaqti bilan soat 11:27 da (Toshkent vaqti bilan 20:27) 100 km balandlikka ko‘tarilgan. Shundan so‘ng qurilma pastlay boshlagan va yaqin vaqt oralig‘ida AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi xususiy kosmodrom hududiga tushgan.
Brenson bilan birga parvozda Virgin Galactic kompaniyasining beshta xodimi — Deyv Makay, Maykl Mazuchchi, Sirisha Bandl, Kolin Bennet va Bet Mozes ishtirok etgan.
“Unity” raketa samolyoti o‘zining to‘liq sinovdan o‘tgan birinchi suborbital sinov parvozini yakunlagan.
LiveBarchasi