#UniTaniysizmi?

Jamiyat

Xabaringiz bor, QALAMPIR.UZ #UniTaniysizmi? nomli yangi loyihani yo‘lga qo‘ygan edi. Loyihaning ilk qahramonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining sobiq direktori Komiljon Allamjonov bo‘lgandi. 

Bu galgi qahramonimiz shirinso‘zligi bilan ma’lumu mashhur bo‘lgan, jurnalistlar nazaridan chetda qolmaydigan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev. Xo‘sh, Farg‘ona ahli uni qanchalik taniydi, Shuhrat G‘aniyev deganda qanday insonni tasavvur qilishadi?

Loyiha muallifi Feruza Najmiddinova Farg‘ona  ko‘chalarida turli yoshdagi respondentlar bilan muloqot qildi. Natijalarni esa yuqoridagi videoda tomosha qilishingiz mumkin. 

Shuhrat G‘aniyev  1968 yil 11 sentyabrda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan.
 
1992 yilda  Toshkent davlat agrar universiteti, 2005 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.

2012 yil 14 dekabrdan buyon  Farg‘ona viloyat hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat G'aniev UniTaniysizmi?

Baholaganlar

674

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing