#UniTaniysizmi?

Bu qiziq

Xabaringiz bor, QALAMPIR.UZ #UniTaniysizmi? nomli yangi loyihani yo‘lga qo‘ygan edi. Loyihaning ilk qahramoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bo‘lgandi. Bugungi qahramon esa shu kunlarda diqqat markazida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov. Xo‘sh, uni odamlar qanchalik taniydi, faoliyati haqida qanchalik boxabar. 

Loyiha muallifi Feruza Najmiddinova shahar ko‘chalarida turli yoshdagi respondentlar bilan muloqot qildi. Natijalarni esa yuqoridagi videoda tomosha qilishingiz mumkin. 

Komiljon Allamjonovning biografiyasiga to‘xtalsak. U 1984 yilning 18 sentyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Avvaliga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini rejissyorlik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Keyin Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishida tahsil olgan. 

2005 yildan 2009 yilgacha Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati rahbari lavozimini bajaruvchi, 2009 yildan 2013 yilgacha Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari – raisning Matbuot kotibi, 2017 yildan 2018 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi bo‘lib ishlagan. 

2018 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda. 

Oilali, to‘rt nafar farzandi bor. 


Maqola muallifi

Teglar

Komiljon Allamjonov #UniTaniysizmi?

Baholaganlar

140

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing