Uni birinchi marta ko‘rganimda vaqt to‘xtagandek tuyuldi – Jorjina Rodriges
Sport
−
22 dekabr 2022
44290Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning rafiqasi, mashhur model Jorjina Rodriges “Oltin to‘p”ning besh karra sohibi bilan ilk uchrashuvidagi taassurotlarini esladi.
“Uni birinchi marta ko‘rganimda vaqt to‘xtagandek tuyuldi. Men hech qachon bunday chiroyli va ehtiyotkor odamni ko‘rmaganman. Ronaldu men ko‘rgan eng chiroyli odam. Ehtimol, bizning munosabatlarimiz ko‘plab orzularim ro‘yobga chiqishiga imkon bergan bo‘lsa kerak, lekin farrosh, sotuvchi yoki model bo‘lishimdan qat’i nazar, men har doim maqsadlarimga bir xil ishtiyoq bilan yondashganman”, deydi Rodriges.
Ma’lumot uchun, Jorjina Rodriges 1994 yilda Argentinada tug‘ilgan. O‘z vaqtida mashhur model farrosh, raqqos va sotuvchi bo‘lib ishlagan.
Ronaldu va Rodriges ilk bor 2016 yilda Jorjina sotuvchi bo‘lib ishlagan joy, Gucci do‘konida ko‘rishishgan. Shundan buyon juftlik yaqin munosabatda bo‘lib kelmoqda. Hozirda Ronaldu va Jorjina birgalikda besh nafar farzandni tarbiyalayapti.
LiveBarchasi