Umurzoqovning yordamchisi ishdan ketdi
Jamiyat
−
17 avgust 2023
12405Sunnatilla Bekenov Husanovich Prezident Administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Sunnatilla Bekenov 1971 yil Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tahsil olgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti)ning matematika fakultetini tamomlagan.
Bekenov 2006-2007 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari, 2008−2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijroiya apparati boshqaruvchisi, 2009 yilning iyulidan 2010 yilgacha Iqtisodiyot vaziri bo‘lib ishlagan. 2010-2011 yillarda O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoniga muvofiq Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 13 sentyabrda imzolagan qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori bo‘lib ishlagan.
2022 yilda esa Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovning yordamchisi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi