Abrorjon Po‘latov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

−

image

Bugun, 5 oktyabr kuni Abrorjon Po‘latov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tegishli farmoyishni imzoladi.

Ma’lumot uchun, Abrorjon Po‘latov 1986 yil 12 fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2006 yil Toshkent islom universitetining huquqshunoslik fakultetini, 2008 yil O‘zMU Oliy jurnalistika kursini tamomlagan. U siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori. 

Abror Po‘latov 2007-2019 yillarda IIV Transport IIBB, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi matbuot kotibi, “Avtoradio media” xususiy korxonasi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot kotibi lavozimida ishlagan. 2022 yil may oyida O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori etib tayinlangan. Bungacha esa idora bosh direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Obid Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda o‘rindoshlik asosida “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing