“O‘zavtosanoat” raisi Toshkentga hokim bo‘lishi aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. “QALAMPIR.UZ” ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi Mukarram Azimova bilan bog‘landi.

U bu haqida hech bir ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi. 

“Hozir hokim tayinlangani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Tayinlansa, rasman e’lon qilinadi”, dedi hokimlik matbuot kotibi.

Shuningdek, matbuot kotibi yaqin orada hokimlikda majlis o‘tkazilishini qo‘shimcha qildi. Biroq u yig‘ilishni kim o‘tkazishi va unda qanday masala ko‘rilishini bilmasligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev  Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olganini e’lon qildi. Uning ma’lum qilishicha, Ortiqxo‘jayev ogohlantirishlarga qaramay qishga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagan.

16 yanvardan boshlab, Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rniga Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev O'zavtosanoat Shavkat Umrzoqov Toshkent shahar hokimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing