Umrbod qamalgan maşhur xonandaning qiziga şifoxonadagi “hunarlari” uçun ham iş oçildi
Olam
−
10:33 1012 2 daqiqa
Avvalroq, Turkiyaning Yalova şahrida marhum qöşiqçi Gulluning qizi Tugyan Ulkem Gulter onasining ölimi bilan boğliq iş böyiça oğirlaştirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Gulterning ilgari hamşira bölib işlagan xususiy şifoxonada bemorlarga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar sodir etgani haqidagi da’volar yuzasidan jinoiy va ma’muriy tekşiruv boşlandi. Bu haqda “Haberler“ xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Tugyan Ulkem Gulterning sobiq unaştirilgani Kervan Eminoglu Yalova Respublikasi Boş prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. U öz da’volariga oid ayrim videolarni ham prokuraturaga topşirgan.
Arizada Tugyan Ulkem Gulter şifoxonada işlagan vaqtida ayrim bemorlarga uxlaşlari uçun ukol qilgani aytilgan.
Şuningdek, u şifoxonaning farroşlariga bemorlarda yurak massajini bajarişni örgatgani va jonlantiriş bölimida davolanayotgan bemorlarga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar sodir etgani iddao qilingan.
Bundan taşqari, arizada jonlantiriş bölimida vafot etgan ayrim bemorlarning ölim vaqti hujjatlarda özgartirib körsatilgani haqidagi da’vo ham keltirilgan.
Yalova viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi mazkur holat yuzasidan jinoiy va ma’muriy tekşiruv boşlanganini ma’lum qilgan. Hozirda da’volar örganilmoqda.
Eslatib ötamiz, “Gullu“ nomi bilan tanilgan 52 yoşli Gul Tut 2025 yilning 26 sentyabr kuni Yalova viloyati Çinarjik tumanidagi uyining 6-qavatidan yiqilib, vafot etgandi. Mazkur iş doirasida ayblanuvçi sifatida uning qizi hibsga olingan edi.
Şundan söng, Gulluning ölimi böyiça sud hukmi e’lon qilinib, onasini oldindan rejalaştirib, qasddan öldirişda ayblangan 28 yoşli qizi Tugyan Ulkem Gulter oğirlaştirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Live
Barchasi27 Oktyabr