Umraga yuborişni va’da qilib, 3 ming dollar söragan rahbar qölga tuşdi (video)
3-sahifa
−
09:05 630 1 daqiqa
Samarqand şahrida fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 3 ming AQŞ dollari talab qilgan turistik firma rahbari uşlandi. Bu haqda Din işlari böyiça qömita xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat joriy yilning 14 oktyabr kuni Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Içki işlar vazirligi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan.
Turistik firma rahbari N.M. fuqaroni Umraga yuboriş xizmatini taklif qilib, buning evaziga 3 ming dollar talab qilgan. U pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.
“Umra ziyoratini taşkil etiş va ötkaziş faqat maxsus litsenziyaga ega yuridik şaxslar tomonidan amalga oşirilişi mumkin. Fuqarolarga safar oldidan xizmat körsatuvçi taşkilotning tegişli litsenziyasi borligini tekşiriş tavsiya etiladi”, deya ta’kidlagan qömita.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon va Farğona viloyatlarida odamlarni Umra ziyoratiga noqonuniy yuborişga uringan şaxslar qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi