Umraga yuborish bilan noqonuniy tarzda shug‘ullanib kelgan turfirma aniqlandi
3-sahifa
−
17:56
3739Joriy yilning 10 dekabr kuni Samarqand viloyatida o‘tkazilgan maxsus tadbirda noqonuniy tarzda “Umra” tadbirlarini tashkil etib kelgan turfirmaga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand shahrida joylashgan “Atlas avia tour” turistik firmasining 2002 yilda tug‘ilgan xodimi fuqaro A.D.ga tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda “Umra” ziyoratiga yuborishini va’da qilib, boshqa fuqarolardan 3600 AQSH dollari olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1682-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi litsenziyaga ega bo‘lmagan “Ultra Parvoz” turfirmasi ham noqonuniy tarzda Umraga yuborish bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangandi. Qolaversa, Toshkent shahrida joylashgan “Yasin travel” turfirmasi noqonuniy ravishda 74 nafar fuqaroni Umraga yuborgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.
LiveBarchasi