Umra mavsumi qachondan boshlanishi e’lon qilindi
Jamiyat
−
15 iyul 9249 1 daqiqa
O‘zbekistonliklar uchun yangi Umra mavsumi joriy yilning avgust oyidan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Umra safarlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
Ziyoratchilar uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda. Dastur doirasida Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar amalga oshiriladi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Madina shahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat uyushtiriladi. Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari, Nur va Savr tog‘lariga ziyorat bo‘ladi. Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruh, imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ziyorat va ibodatlar xotirjam o‘tishini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “Umra – 2024”mavsumi 10 sentyabrdan boshlangan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr