Umid qilamanki, Rossiyani futbol olamiga qaytaramiz – Infantino
Sport
−
03 aprel
5788Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Belgradda bo‘lib o‘tgan Yevropa futbol assotsiatsiyalari (UEFA) kongressida Rossiya jamoalari tez orada xalqaro musobaqalarga qaytishiga umid bildirdi.
“Dunyomiz ikkiga bo‘lingan, biz odamlarni birlashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak. Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Umid qilamanki, kitobning tez orada bu sahifasini o‘tkazib yuboramiz va Rossiyani futbol olamiga qaytaramiz, bu esa hammasi ijobiy hal bo‘lganini anglatadi”, deydi Infantino
Qayd etish joiz, 2022 yil fevral oyidan beri Valeriy Karpin jamoasi faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi. Mart oyida Rossiya terma jamoasi Grenada va Zambiya terma jamoalari bilan o‘ynab, umumiy hisobda 10:0 hisobida g‘alaba qozondi.
LiveBarchasi